Timur Kapadze Aziz G'anievni terma jamoaga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
29 mar 2025
O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze 90minutuz podkasti mehmoni bo'ldi.

Bosh murabbiyimiz BAAda faoliyat olib borayotgan Aziz G'aniev haqidagi savolga javob berdi.

"Azizni biz o'yladik. U bizning ro'yxatda bor. G'aniev terma jamoaga avval ham chaqirilgandi, shunchaki avvalgi murabbiylarning taktikasiga to'g'ri kelmagan bo'lsa kerak. Uni o'yinlarini kuzatib bormoqdaman. Birinchidan, u hozirgi 3-5-2 taktikasiga mos tushmasligi mumkin. 4-3-3 taktikasida esa G'anievga ham yana boshqa futbolchilarga ham joy topilishi mumkin.

 Bizda vaqt kam bo'lgani sababli ancha vaqtdan beri u termaga chaqirilgan G'anievning imkoniyatlaridan bu safar foydalanmaslikka qaror qildik. Agarda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lganida Azizni aniq yig'inga taklif qilgan bo'lardim. Bir necha yil avval vaqtinchalik murabbiy bo'lganimda ham uni chaqirganman. Uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, u kuchli futbolchi", - dedi Kapadze.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: 90minutuz

Izohlar

sqardor raxmonov
29 mar
Тимур Кападзенинг Ғаниев тўғрисидаги фикридан хурсандман, терма жамоада ўнинг ўйинларин кутиб қоламиз. Олға Ўзбекистон.
!!!!
29 mar
Ичимдаги гаплар Азизжон хакики мехнаткаш йигит уйалтирмайди худо хохласа имкон бериш керак
Real Nasaf
29 mar
Tushunmadim Aziz Ĝaniyev shunchalik noyob pozitsiyasida òynaydimi doim taktikasiga mos tushmaydi diydi hammasi, mayli muhimi natija kim òynasa ham natija bòlsa bòldi
fcnasafuz
29 mar
Жасур Яхшибоевни чақиринг, унда совуққонлик бор.
fcnasafuz
29 mar
Жасур Яхшибоевни чақиринг, унда совуққонлик бор.