Timur Kapadze: "Navbahor" g'alaba qozona olmaganiga "Olimpik" o'yinchilarining maydonda yotgani emas, o'z imkoniyatlaridan foydalanmagani sabab bo'ldi"

I.J.I
30 may 2024
Superliga 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Qiyin uchrashuv bo'ldi. Qaerdadir omadimiz keldi. Darvozabonimiz ham yaxshi o'ynadi. “Navbahor”da ikki uchta ajoyib vaziyat bo'ldi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Namanganda o'ynash qiyin. Jamoa kuchli, muxlislar ham ko'p. 

- Bugun “Olimpik” futbolchilariga bir necha marta shifokorlar yordam ko'rsatishdi. Bu o'yinni cho'zishga qaratilgan harakatmidi yoki futbolchilarning jismoniy holati shunday vaziyat kuzatilishiga sabab bo'ldimi?

- Bazi vaziyatlarda bu holat ko'zga tashlangan bo'lishi mumkin, ammo men tomondan bunday topshiriq bo'lmagani aniq. “Navbahor” kuchli jamoa, balki futbolchilar shu sababli biroz nafas rostlab olishga harakat qilgan bo'lishlari mumkin. Biroq, asosiy epizodlarda kurash ketdi, yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bu - futbol. O'sha bir necha epizodlarda futbolchilar maydonda yotgani uchungina “Navbahor” g'alaba qozona olmadi deb bo'lmaydi. “Navbahor”da yaxshi vaziyatlar bo'ldi, o'zlari o'sha imkoniyatlarni yo'qqa chiqarishdi. Biz esa oxirigacha kurashdik.

- “Olimpik”dan doim tashabbuskorlik ko'rishga o'rganib qolgandik. Bugun esa jamoangiz  ehtiyotkor harakat qildi, o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Birinchi sabab - “Navbahor”. Namangan klubi juda kuchli, shu bilan birga, o'z uyida harakat qildi. Lekin bizning reja bunday emas edi. Biz boshqacha o'yin ko'rsatmoqchi edik. “Navbahor” bizga bu rejani amalga oshirishga imkon bermadi. Himoyalanishga to'g'ri keldi. Yigitlarim mehnat qilishdi va haqli ravishda bir ochkoni qo'lga kiritdik. Boshqa sabab yo'q.

- “Olimpik” jamoasi Olimpiadaga yo'llanma olish uchun tuzilgandi. Missiya bajarildi. Jamoaning keyingi taqdiri nima bo'ladi?

- Hozir yoshlarimiz keyingi Olimpiada uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Ko'ramiz. Bu jamoa baribir yilni oxiriga qadar o'z faoliyatini davom ettiradi. Smetamiz ham yilning oxirigacha mo'ljallangan. Jamoa oliy ligada va oxiriga qadar kurashamiz. Yakuniy qarorni rahbariyat hal qiladi, men bir narsa deya olmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Bugun “Olimpik” futbolchilari yakkama-yakka kurashlarda o'zini ayamadi va raqibga qarshilik ko'rsatishdi. Muhim uchrashuvlar oldidan jarohatlar yuzaga kelishidan qo'rqmadingizmi?

- Bu futbol, buni oldini olishning iloji yo'q. Maydonga chiqdimi, kurashish shart. O'yinchilar jamoaning, o'zining shanini munosib himoya qilishlari kerak. Albatta, jarohat doim hayoldan o'tadi. Agar peshonada bo'lsa, mashg'ulotlar payti ham jarohat yuz berishi mumkin.

- Olimpiada oldidan ikkita insayd eshitdik. Birinchi kanadalik futbolchi haqida. Ikkinchi esa Olimpiadadan oldingi sparing raqiblar. Shu ikki masalaga to'xtalsangiz...

- Kanadalik futbolchi borasida oldingi o'yin ham mendan so'rashgandi. To'g'risi, men u o'yinchini tanimayman. Hozirda ushbu futbolchini ko'zdan kechirish imkoniyatimiz ham yo'q. Biz yilni boshida taqdim etgan 70 nafar futbolchidan iborat boshlang'ich r o'yxatdan bu o'yinchi joy olmagan. Afsuski, uni tanimaganimiz uchun ro'yxatga qo'shmaganmiz. Balki, o'sha yigit yaxshi o'yinchidir. Keyinchalik buni ko'ramiz. O'rtoqlik o'yinlariga kelsak, hozirda yana bir raqib qidirish bilan bandmiz. Xalqaro bo'limimiz raqib topish ustida ishlamoqda. Buni vaqt ko'rsatadi.

- Birinchi davra avvalida “Olimpik” jamoasidan “Navbahor”ga ikki nafar futbolchi o'tmoqchi edi. O'shanda Olimpiada saralashi sabab ular “Olimpik”da qolgandi. Vazifa bajarildi. Endi ikkinchi davrada qaysi futbolchilarni boshqa klublarda ko'rishimiz mumkin bo'ladi?

- Bizda ijaradagi yigitlar bor. Ular birinchi davradan so'ng ketishi mumkin. Agarda yigitlarga o'sish uchun yaxshi takliflar bo'lsa, biz qarshilik ko'rsatmaymiz. Men hech qanday qarshilik ko'rmayapman. Vazifa uddalandi. Yaxshi jamoa bo'lsa, muammo yo'q.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Farhod
31 may 2024
Assalomu aleykum kamentariyani xotincha yozgan erkakman deb yurgan ekranni ortidagi xezalaklar.qopol qilib aytilganda bazi birlar uzi biladi kimligini BABAYANNI NMA DESALARING XAM NMA QILSALARING XAMM BIZGAA PUUXXUY LEKIN NAMANGAN NAVBAXOR XAQIDA KESATIB GAPIRIW NOTUGRII YUTSA XAM YUTQAZSA XAM DURRANG UYNASA XAM UZIGA KUCHI YETSA NAVBAXORNI XAKAM BN YUTSI BIITA TOVUQ MIYYA AMBAXOR DEB YOZIBDI OTA ONASINI ISMINI OLDIGA XAM WU SUZNI QUYB AYTSA NMA BULADI TELNI ORQASIDA SAYRAYVERMAY NAMANGANGA KELB ICHIDAGI GAPLARNI GAPIRSIN KUTB OLAMAN ERKAKCHA GAPLAWAMIZ UZR LEKIN XAQIQIY FUTBOL MUXLISILARI
Leicester City
31 may 2024
Superligamizda vaqt cho'zadigan jamoalarga jazolarni kuchaytirish kerak. Futbol muhlislar uchun o'ynaladi. Natija uchun deb "yotvolish" kerakmas. Andijon-So'g'diyona va Navbahor-Olimpik o'yinlarida ko'p vaqt cho'zildi. Bittasini qattiq jazolasa, qolganlari xulosa qiladi. Maydonni "kasalxona" qilvorishyapti.
Alisher
31 may 2024
It xuraverar karvon oʻtaverar! Soxtakor oyimchalarini negativ befarosat fikrlari Navbahor uchun yanada oʻsishga turtki boʻladi! Olgʻa dalbayoblar)))
DON USMON
31 may 2024
Бабаян жамоани ютолмаса Зур бахоналар топиш устаси лекин Олимпик Зур химояланди, Копадзе молодец, жамоани уйинга тайерлашни тактикани устаси
Uz paxtakor Uz
30 may 2024
Рахим- Олимпик. 0-0