Timur Kapadze: "O'yin biz uchun foydali bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
11 aug 2022
Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikr bildirdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv qiyin ruhda o'tishini bilardik, sababi Superligada oson o'yinning o'zi qolmagan. Bugun ham har taraflama qiyin o'yin bo'ldi. To'g'ri, biz gol urishga erishdik, yana bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ldik. Biroq "Qo'qon-1912" jamoasi ham jismonan, ham kurashuvchanlik tarafdan yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo'limda raqibning toliqishini bilardik, lekin ular ham bo'sh kelmadi. Biz biroz aniqroq o'yin namoyish etishimiz va ko'proq vaziyat yaratishimiz kerak edi. Afsuski, bu borada oqsadik. Umuman olganda, o'yin biz uchun foydali bo'ldi. Endilikda mazkur bahsni tahlil qilamiz. Yoshlar raqib himoyaviy o'yin namoyish etayotganda, qanday harakat qilish lozimligini bilishi kerak.

- "Olimpik"ning gol o'tkazib yuborishiga sabab bo'lgan birinchi bo'limning so'nggi o'n besh daqiqasida shogirdlaringiz sustkashlikka yo'l qo'yishiga nima sabab bo'ldi?

- Bunday deya olmayman. Chunki raqib shunga majbur qildi. Ular ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi, shu bois himoyachilarimiz qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular markazdan uzun uzatmalar, qanotlardan yurishlar orqali hujum tashkillashtirdi. Bazi vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik, bazilarini bartaraf eta oldik.

- Shaxzod Tairov ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Shuningdek, yana bir vaziyatda xavfli o'ynadi. Uning o'yinga kirisholmagani nima bilan bog'liq?

- Bilmadim, ehtimol, u o'yinga tayyor bo'lmagandir, har holda markaziy himoyachining xatoga qilishga haqqi yo'q. Lekin xatolar bo'lib turadi. U bilan suhbatlashamiz. Bunday o'yinlarga shay holatda chiqish kerak, aks holda raqib bundan unumli foydalanishi mumkin", dedi "Olimpik" ustozi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Мухаммади
11 aug 2022
Олимпик каби , махаллий болалардан уйнатса , яна куп жамоаларга ташвиш тугдирса , бундай клубларни куллаш керак , Серблар , ёки бошка эллардан келган уйинчилар бизга бир тийинга киммат !
FK Navba-FK Real
11 aug 2022
Спорт тв директори зохид ОУТ. дамингни ол. Халкни пулини жигилдонингга тикиб ётибсан харомхур . Спорт твдан олган маошингни уликларингга ишлатгин падарингга минг ланат ифлос. Навбахор - Сурхон уйинини нега олиб берилмади жавоб бер халкка ифлос. Бир хафтадан бери реклама килдингу нега олиб бермадинг жавоб бер падар ланат. Ютубга чикволиб акллилик килма . Заказной интерьвюинг бир тийин.