Nazorat o'yini. Tojikiston Gongkongni mag'lubiyatga uchratdi

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2024
Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida Gongkongga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Mazkur bahs 2:1 hisobida qo'shnilarimiz foydasiga yakunlandi.

Bellashuvning 25-daqiqasida Rustam Soirov qo'shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 33-daqiqada Everton Kamargo muvozanatni tikladi. 51-daqiqada esa Shaxrom Samiev Tojikistonga g'alaba taqdim etuvchi gol muallifiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston Osiyo kubogi "A" guruhida Qatar, Xitoy va Livan bilan kurash olib borsa, Gongkong "C" guruhida Eron, BAA va Falastin bilan kurash olib boradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia