Tojikiston olimpiya terma jamoasi ana shu musobaqa oldidan yakuniy yig'inni o'tkazish maqsadida Qatar poytaxti Dohaga etib bordi.
Bosh murabbiy Mubin Ergashev yig'inga 24 nafar futbolchini taklif etgan. Ulardan 7 nafari legioner. Legionerlar orasida "Neftchi" himoyachisi Manuchehr Safarov, "Andijon" hujumchisi Shahrom Samiev va "Metallurg" hujumchisi Daler Sharipov ham bor.
Tojikiston U-23 terma jamoasi musobaqaning "S" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Tailandga qarshi bahs olib boradi. Aynan mana shu guruh vakillari chorak finalda O'zbekiston U-23 terma jamoasi joy olgan guruhdagilarga qarshi maydonga tushadi.
Tojikiston U-23 terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar:
Darvozabonlar: Muhriddin Hasanov ("Istiqlol"), Safarmad Gafforov ("Xo'jand"), Muxammadrabi Rahmatulloev ("Ravshan");
Himoyachilar: Manuchehr Safarov ("Neftchi", O'zbekiston), Mehrubon Karimov ("Samgurali", Gruziya), Sodiqjon Qurbonov ("Istiklol"), Rahmatsho Rahmatzoda ("Ravshan"), Haydar Sattorov, Bekmurod Xaitov (ikkisi – "Vaxsh"), Faxriddin Axtamov ("Xo'jand"), Jonibek Sharipov (CSKA);
Yarim himoyachilar: Alisher Shukurov ("Dinamo", Gruziya), Ruslan Xayloev ("Tyumen", Rossiya), Jomi Nazarov ("Sarria", Ispaniya), Amadoni Kamolov ("Istiqlol"), Azizbek Xaitov ("Ravshan"), Shuhrat Elmurodov, Faridun Davlatov (ikkisi – "Regar-TadAZ"), Shoxrux Sangov, Toxirjon Tagoyzoda (ikkisi – "Xosilot");
Hujumchilar: Shahrom Samiev ("Andijon", O'zbekiston), Daler Sharipov ("Metallurg", O'zbekiston), Rustam Soirov, Mexron Madaminov (ikkisi – "Istiqlol").
Izohlar