Tojikiston va Afg'oniston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
18 nov 2024
O'zbekistonlik hakamlar brigadasi Tojikiston futbol federaciyasi taklifiga binoan 19 noyabr, seshanba kuni Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan Tojikiston va Afg'oniston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ishlaydi.

Bosh hakam sifatida 39 yoshli FIFA referisi Ahrol Risqullaev faoliyat yuritadi. Unga FIFA referisi assistentlari – Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam berishadi. FIFA referisi, tojikistonlik Gulmurodi Sadullo zaxira hakami etib tayinlangan. Rustam Abdulloev hakamlar brigadasi ishini nazorat qilsa, Faridun Attoev o'yin komissari bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston va Afg'oniston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 19 noyabr, seshanba kuni Dushanbe shahridagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Tojikiston – Afg'oniston

19 noyabr. Dushanbe. "Markaziy" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Gulmurodi Sadullo

Nazoratchi: Rustam Abdulloev

Komissar: Faridun Attoev


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Otabek Sidikov
19 nov 2024
Афгонистон тренири Усмон Тошовми