Tom Xiton erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"ga qaytishga yaqin

Sherzod Nurmatov
11 may 2021
"Aston Villa" darvozaboni Tom Xiton yozda klubini almashtiradi.

Angliya termasi sobiq darvozaboni "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaydi, u mankunianlar tarkibiga erkin agent sifatida qo'shiladi. 

35 yoshli Xiton "Yunayted" tarbiyalanuvchisi va 2010 yilgacha klub a'zosi sanalgan. 

Xiton MYUni tark etishi mumkin bo'lgan Serxio Romeroning o'rnini egallaydi. Unga "Roma" va boshqa bir qator klublardan qiziqish bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph