

"Arsenal"ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Birinchi o'yindagi natija bizni havolantirib yubormasligi lozim. O'tgan yilgi o'yin barchamizga saboq bo'ldi. O'ylaymanki, boshqa bunday xatolarga yo'l qo'ymaymiz. Yani biz o'z uyimizda "Arsenal"ga (0:2) hisobida mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q. Uchrashuv boshidan tezda to'pni o'z nazoratimiz ostiga olishimiz zarur. "Arsenal" kuchli jamoa. Ularga to'pni berib qo'yish bizni ishimizni qiyinlashtirib yuborishi mumkin. Uchrashuvda har bir qarich maydon uchun keskin kurashib, bor kuchimiz bilan harakatlanishimiz lozim. "Bavariya"ni faqatgina g'alaba qanoatlantiradi. Chiroyli yutuq orqali keyingi bosqichga yo'l olish ushbu o'yindagi asosiy maqsadimiz.



