Top-ligalar uchun eng ko'p tarbiyalanuvchilarni etkazib bergan klublar

Sherzod Nurmatov
26 oct 2023
Bu borada Ispaniya akademiyalari etakchilik qilmoqda.

"Real" top-ligalarda o'ynaydigan eng ko'p tarbiyalanuvchilarga ega. Bu haqda "CIES Football Observatory" xabar bermoqda.

"Qirollik klubi"ning jami 44 nafar bitiruvchisi top-ligalarda to'p tepadi va bu barcha klublar orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

"Barselona" esa 40 nafar futbolchi bilan 2-o'rinda. Kuchli uchlikni "Lion" yakunlab turibdi. "To'quvchilar"ning 31 nafar tarbiyalanuvchisi top-chempionatlarda o'ynamoqda.

Kuchli beshlikka "Valensiya" (29) va PSJ (28) ham kirgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: CIES Football Observatory

Izohlar

Карим Хожи
26 oct 2023
Барсачила качон караса узини академиясини мактарди, овозила учибтику а)))
Миллиар Дер
26 oct 2023
Койиле Реалдан кутмагандим))))
WalveRine-_-6
26 oct 2023
Futbolchilarni nomlari bilan keltirib otishsa yaxshi bolardi. Sifatli futbolchilarni kim koproq tarbiyalagani muhimroq.
Ali
26 oct 2023
16-17 yoshida kelib qo'shilganlar ham xisoblangan bazi o'yinchilar 2 ta klub ro'yxatidan ham chiqib qolishi mumkin.