Toshkent derbisiga kelgan muxlislarga iftorlik tarqatildi. Murodjon Ahmadaliev esa xayriya akciyasida qatnashdi

Eldor Akmurzayev
17 may 2019
O'zbekiston chempionatining 9-turida Lokomotiv o'z maydonida Bunyodkor bilan to'qnash keldi va uchrashuvda hisob (0:0) ochilmadi.

Mazkur bahs boshlanishidan oldin stadionga kelgan muxlislarga temiryo'lchilar mutasaddilari tomonidan muborak ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tarqatildi.

Shuningdek, stadionga kiraverishda ehson qutisi ham o'rnatildi. 

O'yin oldidan o'ziga xos akciya o'tkazildi. Bunda Lokomotiv PFK yordam berishni maqsad qilgan saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan 12 yoshli Ro'ziboeva Shahzoda bilan mamlakatning taniqli bokschilartdan biri Murodjon Ahmadaliev ramziy manoda maydon markazidan o'yinni boshlab berishdi. 


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

SherzodHD
18 may 2019
Кака Навбахор футболкасини кайтариб бер унда
тулуза тулуза
18 may 2019
Оллоҳ шифосини берсин, иккала жамоа ҳам баракалла!
alishernavoiy
17 may 2019
Termizdagi uyinlargada hatto bir bakalashga suv ob kirishga quyishmaydi/ yaramaslar shu sababli uyinlarga borishni tuxtatdim.(
Muhriddin Bahromov
18 may 2019
Har o'yinlarga 20ming muhlis kelganda ham shunaqa exsonlar qilish davom etsin Ilohim !!! Har o'yinga 20ming muhlis ??? Mani isitmam chiqishni boshladiyov
Barcelona 1
17 may 2019
ey qoyiley