Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2021
Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor-79” a'zolari vafotiga sabab bo'lgan aviahalokat sodir bo'lganiga 42 yil bo'ldi.

Shu munosabat bilan bugun Toshkentdagi "Botkin" qabristonida “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Futbol jamoatchiligi aviafalokat oqibatida dunyodan ko'z yumgan futbolchilar sharafiga o'rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilish uchun “Botkin” qabristoniga tashrif buyurishdi. Unda O'FA rahbariyati, Superliganing bir qator klublari va muxlislar ishtirok etishdi.

Mirzahakim To'xtamirzaev olib borgan tadbirda Evgeniy Valickiy, To'lagan Isoqov kabi faxriylar, "Paxtakor" futbol klubi raisi o'rinbosari Dilshod Karimov, O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov va O'FA Birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov so'zga chiqishdi. E'tiborlisi "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi, gretsiyalik Vasilis Xadzipanagisning do'stlari Gretsiyadan Toshkentga yetib kelishdi. Tadbir davomida o'tganlar xotirasi uchun quron tilovat qilindi. 




Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia