"Tottenxem" 2 nafar yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024
Agar Jovanni Lo Chelso ketsa, "shporlar" yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Angliyaning "Tottenxem" klubi Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi yarim himoyachisi Georgiy Sudakov va Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi yarim himoyachisi Sebastyan Shimanskiga qiziqmoqda, deya xabar berdi "Caught Offside".

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" agar Jovanni Lo Chelso jamoani tark etsa, yarim himoyasini kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

"Fenerbaxche" Shimanskini qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti, "Shaxtyor" bilan muzokaralar Manor Solomon transferi tufayli muammoli bo'lishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside