"Tottenxem" Alli va Lorisni qishda PSJga berib yubormaydi

Alisher
2 yanv 2020
Yarim himoyachi Dele Alli va darvozabon Ugo Loris qishki transferlar oynasida "Tottenxem"dan kyetmaydi.

London klubi angliyalik va fransiyaik futbolchilarning yanvardagi transferlar oynasida jamoadan kyetishiga ruxsat bermaydi.

Qayd etish kerakki, PSJni boshqarishi kutilayotgan Maurisio Pochettino esa o'z tarkibida aynan shu ikki futbolchini ko'rmoqchi. Argentinalik mutaxassis ushbu futbolchilar bilan "shporlar"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish.


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk