

Buni jurnalist Fabricio Romano ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi yaqin orada 23 yoshli ispaniyalikning transferi bo'yicha muzokaralarning yangi bosqichiga kirishadi. "Tottenxem" futbolchi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 37 million evro to'lashga shay va bitimga "shporlar" futbolchilaridan biri ham kiritilishi mumkin.
Porro 2022/23 yilgi mavsum "Sporting" libosida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali himoyachini 25 million evroga baholamoqda.



