"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
20 yanv 2022
"Tottenxem" "Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretuni nishonga oldi.

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu fransiyalik yarim himoyachini "shporlar"ga qo'yib yuborishga qarshi emas.

Veretuning xizmatlariga shaxsan "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte, shuningdek klub sport direktori Fabio Paratichi qiziqmoqda. Portugaliyalik Veretuni qo'yib yuborish orqali yana bir yarim himoyachi xarid qilish imkonini olishiga umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Roma" "Portu"dan yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani xarid qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia