"Tottenxem" sobiq hujumchisi, "Inter" va "Barselona" sobiq futbolchisi, Argentinaga ikkita gol urgan nigeriyalik. Turg'unboevning yangi klubida kimlar o'ynamoqda?

Narzulla Saydullayev
9 feb 2024
Kecha "Sivasspor" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Turg'unboev bilan 1,5 yillik shartnoma tuzilganini elon qildi.

Xo'sh, turkiyalik Bulent Uygun boshqarayotgan "Sivasspor" safida qaysi mashhur futbolchilar to'p tepishmoqda?

Ular orasida eng mashhurlari quyidagilar:

30 yoshli kamerunlik hujumchi Klinton N'Ji faoliyati davomida "Lion", "Tottenxem", "Dinamo Moskva" kabi klublarda o'ynagan.

31 yoshli gambiyalik Modu Barrou o'z vaqtida "Suonsi", "Nottingem Forest", "Blekbern", "Lids", "Riding", "Chonbuk Xyunday Motors", "Al Ahli" (S.Arabistoni) kabi mashhur klublarda to'p tepgan.

26 yoshli albaniyalik Rey Manay faoliyati davomida "Inter", "Granada", "Barselona B", "Speciya", "Uotford" kabi mashhur klublarda o'ynagan. 2020 yilda "Barselona" asosiy tarkibiga kiritilgan, faqat maydonga tushirilmagan.

31 yoshli nigeriyalik hujumchi Ahmad Musa shu kungacha CSKA, "Lester", "Al Nassr" kabi mashhur klublarda faoliyat olib borgan.


To'liq tarkib bilan quyidagi rasmda tanishib olish mumkin:


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

to'g'riso'z
9 feb 2024
Аллох омадингни берсин Азизбек
Erling Xoland
9 feb 2024
Otabek Shukurov ham Konyasporga o'tyapdi ekan. Turg'unboyev va Shukurovni Turkiyadagi faoliyatiga omad tilayman.