"Tottenxem" yarim himoyachisi "Uotford"ga o'tishi mumkin

Alisher
27 avg 2021
"Tottenxem" xavbeki Mussa Sissoko ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin.

"Uotford" 31 yoshli fransiyalik yarim himoyachining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Francuzning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. U London klubida 2016 yildan beri o'ynaydi.

Sissoko 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Italia