Totti Dibalaga 10-raqamni taklif etdi, ammo argentinalik ...

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2022
Paulo Dibala faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.

Erkin agent sifatida rimliklar a'zosiga aylanayotgan hujumchi 3+1 ko'rinishida shartnoma imzolaydi. Tovon puli esa 20 mln evroni tashkil qildi. Dibala “Roma”da yiliga 6 mln evro (bonuslar bilan birga) maosh oladi.

Argentinalik yangi jamoasida 21-raqamda o'ynashi kutilmoqda. Biroq, “bo'rilar” afsonasi Franchesko Totti Dibalaga o'z raqami (10)ni taklif qilgan, lekin futbolchi bunga rozi bo'lmagan. Tottidan keyin hech kim “Roma”da 10-raqamli futbolkada o'ynamadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport