Traore "Barselona"ga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022
"Vulverxempton" vingeri Adama Traore "Barselona" bilan kelishib oldi.

Jurnalist Jerar Romeroga ko'ra, kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchini mavsum so'ngiga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishishdi.

U ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Aytishlaricha, Traore Usmon Dembelening o'rniga olib kelinmoqda. 

Traore "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda 23 o'yinda 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RAC1