Trent Aleksander-Arnoldning jarohat darajasi ma'lum bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025
Trent Aleksander-Arnold APL 24-turida doirasida "Bornmut"ga qarshi bahsda sonidan jarohat olib, 70-daqiqada maydonni tark etgandi.

"The Times"ning ma'lumotiga ko'ra, tibbiy tekshiruv futbolchi dastlab taxmin qilinganidek, bir necha hafta emas, bir necha kunni o'tkazib yuborishga majbur bo'lishini ko'rsatdi. Shunga qaramay, klub futbolchi salomatligi bilan tavakkal qilish niyatida emas – Trent 12 fevral kuni bo'ladigan "Everton"ga qarshi derbigacha maydonga tushmaydi. 

Shunday qilib, angliyalikl "Tottenxem"ga qarshi Liga Kubogi yarim final javob bahsi va Angliya Kubogida "Plimut"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Times