Trent: "Liverpul"dan keyin mening eng sevimli jamoam - bu "Barselona"

Omonjon To`xtamirzayev
26 mar 2025
"Liverpul" qanot himoyachisini faoliyatini "Real"da davom ettirishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Hozircha rasmiy malumotlar bo'lmasada, angliyalikning Madriddagi maoshi haqida ham xabarlar tarqalib ulgurdi.  

Shu o'rinda, hech nimani unutmaydigan internet futbolchining 2022 yildagi intervyusini esladi. Unda Aleksander-Arnold "Liverpul"dan keyingi eng sevimli klubi "Barselona" ekanligini aytib o'tgandi. Oradan 3 yil o'tar-o'tmas u "ko'k-anorranglilar"ning ashaddiy raqibi safiga ko'chib o'tyapti.

"Liverpul"dan keyin mening eng sevimli jamoam bu "Barselona". Ularda ham xuddi bizda bo'lgani kabi, juda o'xshash qadriyatlari bor" degandi Trent Aleksander-Arnold.

Chamasi, Trent sevimli klubi bilan ko'proq o'ynash uchun ham "Real" safiga ko'chib o'tishga qaror qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: DeadlineDayLive

Izohlar

Bratello
26 mar
Навбатдаги Коутино
Jahongir Mansurov
26 mar
Burchak zarbasi olishga borayabdi shekilli.
fff
26 mar
Real Figoni olgan bu nima?
Azamat Shoha
26 mar
Омадини берсин Ливерпулда зур карьера утказди голли паслар буйча АПЛ да рекордчига айланди
Husniddin_LFC
26 mar
Realda Liverpuldagi Trentni koʻrmaymiz.