"Real Madrid" Trent Aleksander-Arnold bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Himoyachi yozda "Real"ga o'tadi. Tomonlar 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishgan. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Malum bo'lishicha, Trent "Liverpul" tomonidan shartnomani uzaytirish bo'yicha berilgan barcha takliflarni rad etgan. Amaldagi bitim 30 iyun kuni yakuniga etadi.
"Liverpul" klubi Trentning o'rinbosari sifatida 21 yoshli Konor Bredlini tanlab olgan.
Izohlar