Tuanzebe "Manchester Yunayted"ni sudga berdi

Sherzod Nurmatov
15 jul 2025
U klubni tibbiy beparvolikda ayblamoqda.

"Manchester Yunayted" sobiq qanot himoyachisi, hozirda "Byornli" sharafini himoya qilayotgan Aksel Tuanzebe o'zining sobiq klubiga qarshi Oliy sudga davo arizasi kiritdi.

Manbaga ko'ra, u MYUni tibbiy maslahat tufayli etiborsizlikda ayblamoqda. Bu qanday konsultaciya bo'lgani hozircha nomalum.

Kongo DR terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi jarohatlar tufayli "Yunayted" safida bor-yo'g'i 37 o'yinda maydonga tushgan. U 2017 yilning yanvarida asosiy tarkibda debyut qilgan va 2023 yilning sentyabrida "Ipsvich"ga qo'shilgan.

Tuanzebe "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida ijara asosida "Aston Villa, "Napoli" va "Stok Siti" jamoalarida o'ynagan. U o'tgan oy erkin agent sifatida "Byornli"ga o'tgandi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: The Telegraph

Izohlar