Turk klublari "Roma" himoyachisi Jezusni xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 may 2020
"Roma" himoyachisi Juan Jezus Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Sporx xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga "Fenerbaxche" va "Galatasaray" tomonidan qiziqish mavjud.

Takidlanishicha, futbolchi kam o'ynayotganidan norozi (A Seriyada bor-yo'g'i 3 o'yin) va poytaxt klubidan ketmoqchi.

O'z navbatida "Roma" ham "Galatasaroy" himoyachisi Markao Teysheyraga qiziqmoqda. Turklar uni 13 million evrodan oshiq summaga sotishga rozi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sporx