Turkiya. Husniddin Aliqulov gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Aslanov Jasurbek
13 aug 2024
Turkiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Rizespor" - "Istanbul Bashakshexir" o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Husniddin Aliqulov 39 daqiqada Joau Figereydu urgan golga javob qaytarib, 45 daqiqada hisobni tenglashtirdi. O'zbekistonlik himoyachi bahsda to'liq ishtirok etdi. Hisob 1:1 ko'rinishida qoldi.


Turkiya chempionati, 1-tur

"Rizespor" - "Istanbul Bashakshexir" 1:1

Gollar: Aliqulov 45 - Figereydu 39.

"Rizespor": Gokxan, Taxa, Mojshi, Aliqulov, Kasper, Papanikolau, Olavoyin (Pala 90), Vareshanovich (Xajiaxmetovich 64), Akintola, Zekiri (Minchev 71), Sou (Paxlavon 71).



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Shuxrat Nabiyev
13 aug 2024
Молодец омадингни берсин.терма жамоага муносибсан.
FANAT FC NASAF_REAL.M
13 aug 2024
Top 5 chempionatlada òynash nasib qilsin omad!
I.Ro'ziyev
13 aug 2024
Terma jamoaning ishongan o'yinchisiga omad
Sodiq Nazarov
13 aug 2024
Чиройли гол урипти
Dilmurod Umarov
13 aug 2024
Kelasi o'yinlarda omad