Turkiya Superligasi. Karvonboshi "Fenerbaxche"ni taslim qilgan turda "Beshiktosh" o'z uyida mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 dec 2019
Kuni kecha, Turkiya mahalliy chempionatida navbatdagi tur o'yinlari o'tkazildi va unda bir qator kutilgan hamda kutilmagan natijalar qayd etildi.

O'rtamiyona va autsayder to'qnashuvi

Mavsum boshidan to 10-turga qadar birinchi pog'onani hech kimga bermay kelgan "Alanyaspor" o'z maydonida xavfli zonaga tushib qolgan bechorahol jamoalardan biri bo'lgan "Antalyaspor"ni qabul qildi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda har ikkala tomon ham vaziyatlardan foydalanishda oqsashdi. Shu sababli bahs nursiz durang bilan yakunlandi. Qayd etilgan natijadan so'ng, mezbonlar 8-o'ringa tushib qolishdi. Antaliyaliklar esa, egallab turgan 16-pog'onalarini saqlab qolishdi.



Raqobatchilar qarama-qarshiligi


Musobaqa jadvalida juda zich joylashgan "Rizespor" va "Qosimposho" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Mezbon Rize shahri egalari o'z muxlislari qarshisida o'ynaganiga qaramay raqiblariga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, oldiniga mehmonlarning gvineyalik 29 yoshli legioner hujumchisi Bengali-Fode Koyta 17 hamda 27-daqiqalarda tezkor "dubl"ni rasmiylashtirdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning birinchisida mahalliy 26 yoshli vinger Aytak Kara chiroyli gol urdi va yakuniy hisobni o'rnatdi.



Izmirliklar Anqaraga uchishdi


Turnir jadvalida bir-biriga juda yaqin joylashgan klublar "Genchlerbirligi" hamda "Gyoztepe" o'zaro jang olib borishdi va unda mezbonlar yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi. Gollarga kelsak, avvaliga Ruminiya terma jamoasi asosiy markaziy hujumchisi Bogdan Stanku hisobni ochib berdi va lekin oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas mehmonlarning 31 yoshli braziliyalik himoyachisi Uollas Reys muvozanatni tiklashga erishdi. Biroq bu hali hammasi emas edi. Yana ikki daqiqa o'tmasidan Jovanni Sio anqaraliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib esa, o'sha tinib-tinchimas Stanku o'yindagi o'zining ikkinchi jamoasining esa uchinchi golini urdi va yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.



Yaqqol autsayder Galata saroyida mehmon


Hamisha faqat va faqat chempionlik uchun kurashib kelgan kuchli ishtirokchilardan biri bo'lgan butun er yuzida o'zining millionlab muxlislariga ega juda mashhur klublar qatorida turuvchi "Galatasaroy" o'z uyida so'nggi paytlar ketma-ket mag'lubiyatlar natijasida so'nggi pog'onagacha sho'ng'igan ishtirokchi jamoa "Anqaragyujyu"ni mehmon qildi. Kutilganidek keskin ruhda kechgan bahsda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Barcha gollar o'yinning ikkinchi yarmida urildi. Dastlab, bir vaqtlar Ispaniyaning "Valensiya" hamda Angliyaning "Vest Xem" klublari sharafini himoya qilgan 29 yoshli jazoirlik iqtidorli yarim himoyachi Sofian Feguli hisobni ochdi va 83-daqiqaga kelibgina marokashlik Yunus Belanda penaltini aniq amalga oshirish orqali hisobni ikkitaga oshirdi. Ammo bu hali hammasi emas edi. Ko'p vaqt o'tmay, qarama-qarshi darvozaga ham 11 metrli jarima zarbasi yuzaga keldi va undan Ilxan Parlak unumli foydalandi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning dastlabkisida faoliyati davomida faqat shu Anqara shahri jamoasida o'ynagan greciyalik mudofaa chizig'i vakili Stelios Kiciu katta sahnaga chiqdi va jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.



Autsayder o'rtamiyona mehmoni bo'ldi


Ohirgi vaqtlarda hech "ketmoni uchmayotgan" jamoa "Qaysarispor" bu safar turnir jadvali o'rtalarida yurgan "Gaziantep" maydonida mehmon bo'ldi va yana yutqazib qo'ydi. Mezbonlardan gollarga Gyuray Vural bir marta va nigeriyalik yosh umidli hujumchi Olarenvaju Kayode ikki marta mualliylik qilishdi. Gaziliklar ushbu qo'lga kiritilgan 3 ochko natijasida bir pog'ona ko'tarilishga erishgan bo'lsa, mehmonlar egallab turgan o'rinlaridan siljishmadi.



Karvonboshi yana g'olib


Turkiyaning er yuzida millionlab muxlislarga ega bo'lgan ko'pchilikka malum va mashhur o'zi uchun buyuk tarixni yuzaga keltirgan klublaridan biri “Fenerbaxche” ayni paytda o'ziga yarashmagan o'rinni egallab turibdi. O'tgan tur doirasida Anqara shahri jamoasini yirik hisobda yanchib tashlagan istanbulliklar bu safar yangi peshqadam “Sivasspor” mehmoni bo'ldilar va mag'lubiyatga ko'chasiga kirishga majbur bo'lishdi. Avvaliga joriy masvum boshida Portugaliyaning “Portu” klubidan xarid qilingan braziliyalik yosh umidli yarim himoyachi Fernando hisobni ochdi. Keyinchalik ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida 25 yoshli mahalliy futbolchi Emre Kilinch farqni ikkitaga oshirdi. Shundan so'ng, o'yin ohirlarida Maks Kruzening o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Deniz Tyuryuch bahs tugashiga besh daqiqa qolganida gol urib, umid chiroqlarini yoqdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning ettinchisida Ziya Erdal uchrashuvga mantiqiy nuqtani qo'yib berdi – 3:1.



“Beshiktosh” mag'lubiyatga uchradi


So'nggi turlarda faqat va faqat g'alabani o'ylab maydonga tushayotgan hamda amalda ham maqsadiga erishib kelayotgan o'zining ajoyib tarixiga ega jamoa “Beshiktosh” bu safargi raqibi “Yeni Malatyaspor” qarshisida ojiz qoldi. O'yin taqdiri so'nggi daqiqalarida hal etildi. Dastlab, 85-daqiqada ikkinchi bo'lim o'rtalarida zaxiradan maydonga tushgan “joker” 27 yoshli kongolik ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan hujumchi Tevi Bifuma hisobni ochib berdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan sakkizinchi daqiqada jamoa bosh to'purari Adis Yaxovich hisobni mustahkamladi – 0:2. Ushbu qayd etilgan natijadan keyin 3-o'ringa tushib qolgan bo'lsa, malatyaliklar bir pog'ona balandlab 7-o'ringa chiqib olishdi.



Ikki 24 yoshli futbolchi gol urgan o'yinda durang


So'nggi kutilmagan omadsizliklar natijasida xavfli zona yoqasiga kelib qolgan Konya shahri bosh jamoasi bu safar Istanbulda “Bashakshehir” maydonida mehmon bo'ldi va kuchli iroda hamda matonat evaziga 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Bevosita gollarga to'xtaladigan bo'lsak, avvaliga mezbonlarning 24 yoshli umidli leginer o'yinchilaridan biri afrikalik himoyachi Karlush Ponk 26-daqiqada hisobni ochgandi va lekin ushbu kichik ustunlik o'yin so'nggigacha saqlab qolinmadi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, mehmon jamoaning aynan 24 yoshli futbolchisi bosniyalik Deni Miloshevich hisobni tenglashtirdi va klubini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu durang natija Istanbul shahri jamoasini 2-o'ringa olib chiqqan bo'lsa, konyaliklarni 15-pog'onaga tushirib qo'ydi.



Debyutantdan sensaciya


Joriy mavsum elitaga qaytgan va kuli ishtirokchi klublarni dodini berayotgan “Denizlispor” bu safar mehmonda “Trabzonspor”ni 1:2 ko'rinishida mag'lubiyatga uchratdi. Xa, albatta ushbu 3 ochko osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q. O'yinga kelsak, oldiniga mehmonlarning 26 yoshli himoyachisi Oguz Yilmaz o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi bilan o'yinda hisob ochildi. Ikkinchi bo'limning 60 hamda 83-daqiqalarida ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan kolumbiyalik 34 yoshli super forvard Ugo Rodalega tezkor “dubl”ni rasmiylashtirdi va jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi. Shu tariqa, Denizli shahri egalari turnir jadvali “ekvatori”ga joylashib olishdi. Trabzonliklar esa, 4-pog'onaga tushib qolishdi.


Xondamir Hakimov tayyorladi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Special_Man
17 dec 2019
Maqola uchun rahmat