Mourinyu APLga qaytishni istamoqda

Mirjalol Normatov
8 nov 2024
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLga qaytishni istamoqda.

Bunga qadar Angliyada "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi klublarni boshqargan portugaliyalik mutaxassis "Nyukasl"da ishlash niyatida.

Mourinyu Turkiyadagi yashash tarzidan mamnun emas, u "Trabzonspor"ga qarshi o'yindan keyin hakamlik borasida shikoyatlar bildirgani uchun bir o'yinga chetlatilgandi.

Yanvar oyida "Roma"dan istefoga chiqarilib, "Fenerbaxche"da ish boshlagan Mour ayni damda boshqa jamoa izlamoqda. Shu boisdan u "Nyukasl" klubidagilarga o'zgarishlar bo'lsa, jamoani qabul qilib olishga tayyorligini bildirgan.

So'nggi ikki o'yinda "Chelsi" va "Arsenal"ni mag'lub qilgan "Nyukasl"da esa Eddi Xauning o'rniga boshqa murabbiy izlanayotgani yo'q. Xaudan klubdagilar evrokuboklar uchun kurashishni talab qilishmoqda.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: The Guardian

Izohlar

Bu shunchaki o'yin
8 nov 2024
Biror MTJgami, APLgami
fanat germany
8 nov 2024
Evertondi olsin