Mezbonlar safida o'zbekistonlik o'yinchilar Odil Abdumajidov, Shoxboz Umarov, Behruz Asqarov (32-daqiqada almashtirildi) va Xurshid Muxtorov harakat qildi. Behruz Asqarov (24) va Xurshid Muxtorov (90+1) hakam tomonidan ogohlantirildi. Qayd etish kerakki, mehmonlar 48-daqiqadagi chetlatish sabab bir kishi kam bo'lib qolishdi.
Endilikda "Qayrat" hisobida 7 ochko mavjud va u turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Turon" esa 3 ochko bilan o'rtada joylashgan.
Izohlar