"Turon"ning kechagi alamli mag'lubiyati haqida

Narzulla Saydullayev
24 jun 2020
O'z oldiga juda yuqori maqsadlarni qo'yayotgan Yaypanning "Turon" jamoasi mana ikkinchi yildirki O'zbekiston kubogining ilk o'yinidayoq mag'lubiyatga uchrab nufuzli musobaqadagi yurishini to'xtatayapti.

O'tgan mavsumda o'z maydonida Shahrixonning "Rash Milk" jamoasiga qo'shimcha taymda 0:1 hisobida yutqazgan bo'lsa, bu safar penaltilar seriyasida "Sho'rtan" jamoasiga yutqazgani yanada alamli bo'ldi.

O'yindan keyin "Turon" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov "Hayot yana davom etadi" dedi. To'g'ri hayot davom etadi, lekin kechagi mag'lubiyat juda ko'p narsani yo'qotilishiga sabab bo'ldi. Agar kecha "Turon" g'alaba qozonib, keyingi bosqichdan ham o'tib guruh bosqichiga ilinib qolganida juda ko'p narsaga erishardi. Guruh bosqichida superliganing uchta jamoasi bilan bir guruhga tushardi va ular bilan o'yinlar orqali ancha tajriba to'planardi. Bu raqiblar superliganinng etakchi jamoalari balki "Paxtakor", balki "Nasaf" yoki "Navbahor" ham bo'lishi mumkin edi. Bu jamoalarga qarshi o'yinlar "Turon" jamoasiga juda katta maktab bo'lardi. Stadionga muxlislar kirishiga ruxsat berilsa yaypanlik muxlislar ham Superligamizdagi mashhur futbolchilarni o'z shahri stadionida ko'rib ularni o'yinlaridan olam olam zavq-shavq olardi. Afsuski shunday imkoniyat qo'ldan chiqarildi.

Menimcha "Turon" asosiy vaqtda o'yin taqdirini hal qilmoqchi bo'lganmi penaltilar seriyasiga etarli darajada tayyorgarlik ko'rmagani sezilib qoldi. To'g'ri yaypanliklar "Qo'qon-1912" va "Navbahor" jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi, lekin o'rtoqlik o'yini bilan rasmiy o'yinni solishtirib bo'lmaydi. Pro ligada ham kuchli jamoalar bor, lekin baribir Superliga jamoalariga qarshi rasmiy o'yinlarda maydonga tushishni gashti boshqacha.

Kechagi kubok o'yinlaridagi natijalar shuni ko'rsatdiki bu yili Pro ligada har yilgidan ham ayovsiz kurashlar bo'ladi. Sakkizta jamoaning ham kuchi deyarli teng. Deyarli hammasi Superligaga chiqish maqsadida maydonga tushadi. Har bir ochkoni qadri baland bo'ladi. Har bir ochkoni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi.

Yurtimizda karantin choralari yumshatilib stadionga muxlislarni kirishiga ruxsat berilsa Pro liga o'yinlarida ham muxlislar Superliga o'yinlaridan qolishmaydigan jonli, murosasiz o'yinlarni guvohiga aylanadi.

Superligadan keyin Pro liga o'yinlarini ham boshlanishini intiqlik bilan kutamiz.






Farhodjon Uzoqov
Foto: Dilmurod Isoqov


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Одил Каршиев
25 jun 2020
Чиройли манзара ва ажойиб стадион экан.
yaypan
25 jun 2020
Xali qaytadi Turon kuchli bolip qoytadi shu kubokdi oladi xudo xoxlasa
Dilmurod Jamoliddinov
25 jun 2020
Маколанинг муалифи Ким
Abdullayevich
24 jun 2020
Stadioni chiroyli ekan Turonni
Man_Utd Norin
24 jun 2020
Komko'k daraxtlar tabiat bag'rida ochiq toza havoda futbol o'ynash maza bosa kere a