Tuxel "Chelsi" bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi (Devid Ornshteyn)

Alisher
26 yanv 2021
"Chelsi"ning PSJ sobiq murabbiyi Tomas Tuxel bilan shartnoma shartlari oshkor bo'ldi.

Jurnalist Devid Orshteynning ma'lumotiga ko'ra, bitim 1,5 yil (uni har qaysi tomon bir yilga uzaytirishi mumkin) muddatga mo'ljallangan.

Oldinroq, Tuxelning Londonga tush payti uchib kelishi va bugun londonliklar bilan mashg'ulotlarga kirishishi haqida aytilgan edi.

Xabarlarga ko'ra, nemis ertagayoq jamoani APL 20-turi doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yinga boshlab tushadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein