U-16 Osiyo chempionati. Bugun O'zbekiston Yaman bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2016
Bugun, 20 sentyabr kuni O'zbekiston U-16 terma jamoasi Hindistonda o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionatida ikkinchi uchrashuvni o'tkazadi.

Qita birinchiligida Osiyoning eng kuchli 16 terma jamoasi ishtirok etmoqda. Ular orasida Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlari ham bor.  Musobaqada yarim finalga chiqqan to'rt terma jamoa keyingi yil Hindistonda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'zbekiston o'smirlari dastlabki turda Tailandga qarshi bahs olib borishdi va 5:3 hisobida zafar quchishdi. KXDR 1-turda Yamanni 2:0 hisobida taslim qildi.


Bugun o'smirlarimiz Yamanga qarshi o'ynashadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv KXDR va Tailand o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yin soat 19:30da start oladi.


"D" guruhi
20 sentyabr

15:30 - O'ZBEKISTON - Yaman
19:30 - KXDR  - Tailand



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia