U-17 Osiyo kubogi saralashi. O'zbekiston o'smirlari yirik g'alaba bilan boshlashdi

Tolibjon Qosimov
23 oct 2024
Bugun Xitoy Taypeyi mamlakatida U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk tur uchrashuvlariga start berildi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Islom Ismoilov boshchiligidagi Falastinga qarshi bahs olib borishdi va 3:0 hisobida zafar quchishdi. Biz joy olgan saralashning "E" guruhida shuningdek Xitoy Taypeyi va Iroq U-17 terma jamoalari ham joy olishgan. Guruhdagi barcha uchrashuvlar Xitoy taypeyida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi 2-turdagi o'yinini 25 oktyabr kuni mezbon Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazadi.

U-17 Osiyo kubogi saralashi

23.10.2024

"Fu Jen" stadioni, Xitoy Taypeyi

O'zbekiston U-17 - Falastin U-17 3:0

Bosh hakam: Muhammad Ahmad Al Mazed (Qatar)

Gollar: M.Bahodirxonov (A.Shukurullaev) 11, N.Sarsenboev (S.Sodiqov) 47, S.Hasanov (J.Rustamov) 77

O'zbekiston U-17: 12.Nematulloh Rustamjonov, 2.Hojiakbar Yusufboev, 4.Mo'minxon Bahodirxonov, 5.Amirxon Murodov, 7.Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenboev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov.

Zaxira: 1.Ibrohim Shokirov, 21.Bahodir Izboskanov, 3.Sardorbek To'laganmirzaev, 6.Miraziz Abdukarimov, 8.Oyatillo Qaytmasov, 10.Muhammad Xabibullaev, 13.Muhammadrizo Parpiev, 16.Eldor Naimov, 17.Jamshid Rustamov, 20.Sardorbek Fayzullaev, 22.Abdusamad Saidov, 23.Amirsaid Kamolxonov.

Ogohlantirishlar: A.Murodov 28 - Yosir Mansur 39

Bosh murabbiy: Islom Ismoilov

Eslatib o'tamiz, U-17 Osiyo kubogiga saralashning 10ta guruhida g'olib chiqqan jamoalar va 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari yo'l olishadi.

U-17 Osiyo kubogi-2025 keyingi yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.




Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Барса1970
23 oct 2024
Тожиклар 33 0 га ютганда бизники хам йирик хисобми
Tigr
27 oct 2024
Boshlanishi yomonmas
Samar O'ralov
23 oct 2024
Bu Falastinliklar 25 yoshga o'xshaydiyu
Dilmurod Umarov
25 oct 2024
Kelasi o'yinlarda ham yirik hisoblarda g'alaba qozonish nasib etsin terma jamoamizga
Muzaffar-1985
23 oct 2024
MALADES BOLLA