

Musobaqada muvaffaqiyatga erishgan 4 ishtirokchi yoshlar o'rtasidagi mundialga yo'l oladi.
U-20 jahon chempionati 20 may kuni Indoneziyada boshlanadi va 11 iyunga qadar davom etadi.
Bo'lajak mundialda qatnashadigan 24 termadan 16 tasining nomi ma'lum bo'lib ulgurgan. Indoneziya mezbon sifatida qatnashmoqda va avtomatik tarzda "A" guruhidan o'rin oladi.
Indoneziya – mezbon (2-marotaba qatnashadi);
KONKAKAF – Dominikan Respublikasi (1), Guatemala (2), Gonduras (9), AQSH (17);
KONMEBOL – Braziliya (19), Kolumbiya (11), Ekvador (5), Urugvay (16);
Okeaniya – Fiji (2), Yangi Zelandiya (7);
Yevropa – Angliya (12), Fransiya (8), Isroil (1), Italiya (8), Slovakiya (2);
*Osiyo va Afrikadan yana 4 tadan ishtirokchi qo'shiladi.
U-20 JCHning amaldagi g'olibi Ukraina hisoblanadi. Eng ko'p titulni Argentina (6 ta), Braziliya (5) qo'lga kiritgan. Shuningdek, Portugaliya va Serbiyada 2 tadan sovrin bor.
O'zbekiston esa U-20 jahon chempionatida 4 marta ishtirok etgan. 2003 (Argentina, Ispaniya va Mali bilan) va 2009 (Gana, Urugvay, Angliya) yillarda guruh bosqichida qatnashgan. 2013 (Fransiyaga yutqazgan) hamda 2015 (Senegal) yillarda chorak finalga yetib borgan.



