U-21 Birinchiligi. Ortiqxo'jaev va Shackix kelgan o'yinda "Paxtakor" chempion bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 dec 2023
Bugun U-21 Birinchiligida ham mavsum yakuniga etdi.

So'nggi tur oldidan chempionlik uchun "Paxtakor" va "Olimpik" klublarida imkoniyat saqlanib qolgandi. Yosh "Sherlar" "Olimpik"dan bir ochko ko'p to'plashgandi.

26-turda "Olimpik" "Metallurg" bilan bellashdi va dastlab gol o'tkazib yuborganiga qaramay, yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Takidlash lozimki, "Olimpik" bahsni 9 kishi bo'lib tugatdi. Rian Islamov va Alisher Odilov qizil kartochka olib maydonni tark etishdi.

Etiborlisi "Paxtakor" ham xuddi "Olimpik" singari "Bunyodkor" bilan bahsda birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi. Ammo yakunda irodali tarzda g'alabani qo'lga kiritgan "Paxtakor" U-21 chempionlikka erishdi.

Mazkur bahsni ko'rish uchun "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev va klub bosh murabbiyi Maksim Shackix ham stadionga kelishdi. O'yin tugagach Ortiqxo'jaev jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirdi va yosh futbolchilarni chempionlik bilan tabrikladi.

U-21 Birinchiligida "Olimpik" ikinchi, "Nasaf" yoshlari esa uchinchi o'rinni egallashdi. Oxirgi pog'onalarni "Navbahor", "Andijon" va "So'g'diyona" jamoalari egallashdi. Aytgancha, so'nggi tur o'yiniga Yaypanning "Turon" jamoasi kelmadi va "Qizilqum"ga texnik g'alaba yozildi.





Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

UzBekistanTEAMFCCC
3 dec 2023
Пахтакор чемпион! Хаммаси жой жойга тушиб кетди чемпионат охирида.
Мирзаев А.
2 dec 2023
Мана,мана шу U-21 Навбахор жамоаси охирги ўринни олгани Бабаянга тўсиқлик қилади, бўлмаса Навбахор чемпион бўларди.
Абдугофур1984
2 dec 2023
Пахтакор га чемпионлик ярашади!!!!!
nerazzuri
2 dec 2023
Пахтакор моладетс ёшлари Билан чемпион , Аббос Файзуллаевлар жуда куп бу жамоада , ИТ хурар утади карвон.
Paxtakor........uz
2 dec 2023
Paxtakor akademiya N1 O'zbekistonda