U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreyada ikkinchi tarkib yo'q

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2020
O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Tailanddagi Osiyo chempionatining 2-turida Xitoyni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Guruh bosqichining so'nggi turida Lyubinko Drulovich shogirdlari bugun chorak final masalasini o'zi uchun ijobiy hal qilgan Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashadi.

Ko'plab muxlislar Janubiy Koreya guruhdan chiqib bo'lgani uchun bizga qarshi ikkinchi tarkib bilan o'ynashi mumkin deb umid qilmoqda. Biroq ularni xafa qilishga majburmiz.

Keling, dastlab ushbu jamoa safida ikkita turda qaysi futbolchilar maydonga tushganini yodga olamiz.

Xitoy bilan o'yindagi asosiy tarkib:
 1.Song Bum Kun
 3.Kang Yun Sung
 4.Li Sang Min
 6.Kim Dong Xyun
 10.Li Dong Kyong
 12.Kim Je Vu
 13.Kim Jin YA
 14.Kim De Von
 17.Um Vun Sang
 18.Oh Se Xun
 19.Maeng Song Vung

 Zaxiradan tushganlar:
 7.Vu Yong Jong
 8.Kim Jin Gyu
 11.Li Dong Jun

Eron bilan o'yindagi asosiy tarkib:
 1.Song Bum Kun
 2.Li YU Xyon
 4.Li Sang Min
 5.Jong Te Vuk
 7.Vu Yong Jong
 9.Cho Gue Sung
 11.Li Dong Jun
 13.Kim Jin YA
 16.Jong Sung Von
 19.Maeng Song Vung
 20.Von Du Je

 Zaxiradan tushganlar:
 8.Kim Jin Gyu
 14.Kim De Von
 18.Oh Se Xun



Demak, Janubiy Koreya bosh murabbiyi ikkita o'yinda 19 nafar futbolchini maydonga tushirib bo'ldi. Yani bugun Koreya asosiy tarkibida birinchi turdagiga nisbatan 7ta o'zgarish kuzatildi. Xitoy va Eronga qarshi uchrashuvlarda faqatgina 4 futbolchi (ulardan ikki nafari darvozabon) maydonga tushmadi xolos.

Shu bois guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qilgan Janubiy Koreya bizga qarshi ikkinchi tarkib bilan o'ynashini kutmaslik kerak. Sababi ularda ikkinchi tarkibning o'zi yo'q.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia