U-23 Osiyo chempionati saralashi. Bangladesh - Suriya 0:4

Narzulla Saydullayev
27 mar 2015
Bangladeshda Osiyo chempionati saralashi davom etmoqda.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoamiz ilk turda Hindistonni 2:0 hisobida taslim qildi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda Suriya Bangladeshni tor-mor etdi - 4:0.

29 mart kuni jamoamiz Bangladeshga qarshi o'ynaymiz. 31 martda Suriya bilan hisob-kitob qilinadi.

10ta saralash guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta jamoa ham qita chempionati final bosqichiga yo'l oladi.


27 mart 2015
O'zbekiston - Hindiston 2:0
Suriya - Bangladesh 4:0


29 mart 2015
Hindiston - Suriya
Bangladesh - O'zbekiston

31 mart 2015
Suriya - O'zbekiston
Hindiston - Bangladesh

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia