U-23 Osiyo chempionati saralashi. Tojikiston Hindistonni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2019
Bugun Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan navbatdagi o'yin bo'lib o'tdi.

Unda Hindiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.  Birinchi taymda Daler Yodgorov hisobni ochdi - 0:1. O'yin tugashiga besh daqiqa qolganida Sharafjon Solexon yakuniy natijani o'rnatdi - 0:2.

Eslatib o'tamiz, saralashning birinchi o'yinida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. 

Guruhdagi so'nggi o'yin 26 mart kuni O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida kechadi. Mazkur bahs guruh g'olibini aniqlab beradi.



U-23 Osiyo chempionati saralashi
24 mart, "Paxtakor" stadioni. Soat 17:00
Hindiston - Tojikiston 0:2
Gollar:
Daler Yodgorov, 30 (0:1). Sharafjon Solexov, 85 (0:2).


#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

O'zbekiston

1

1

0

0

3:0

3

2

Tojikiston

1

1

0

0

2:0

3

3

Hindiston

2

0

0

2

0:5

0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia