U20 Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni "Paxtakor" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
30 dec 2025
Otabek Boymurodov "Paxtakor"ni tark etdi.

Bu haqda futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasida malum qildi.

"Hammasi uchun "Paxtakor"ga rahmat. Bu jamoa uchun doimo borimni berishga tayyor bo'lganman, ammo o'zgarishlar vaqti keldi" - deb yozdi Boymurodov suratiga izoh sifatida.

Eslatib o'tamiz, Otabek Boymurodov 2023 yilning bahorida O'zbekistonda o'tkazilgan U20 Osiyo Kubogida turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etilgan edi.

Narzulla Saydullaevning malum qilishicha, Boymurodov Superligaga qaytgan "Buxoro" safiga o'tadi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

1994 Nurafshon
31 dec 2025
Адашмасам бу бола Бухоролик
Shamsiddin Usmonov
30 dec 2025
Zoʻr boʻpti. Zoʻr komandada zaxirada oʻtirgandan koʻra oʻrta komandada asosida tushaversin