Uchta klub A Seriya ishtirokchilari soni kamayishini xohlayapti

Aslanov Jasurbek
10 feb 2024
Uch klub rahbarlari Italiya futbol federaciyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravindan A Seriya ishtirokchilari kamayishini so'radi.

"Inter", "Yuventus" va "Milan" Italiya chempionatida 18ta jamoa ishtirok etishini xohlayapti.

Videokonferenciya formatidagi yig'ilishda "Inter" nomidan Juzeppe Marotta (bosh direktor), "Yuventus"dan Mauricio Skanavino (bosh direktor) hamda Franchesko Kalvo (menejer) va "Milan"dan Paolo Skaroni (prezident) ishtirok etdi.

Ayni damda A Seriya ishtirokchilari soni 20ta.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: FC Inter 1908

Izohlar

Jasur/barsa
10 feb 2024
Toʻgʻri kamaytirish kere. Oʻyinla koʻpayib futbolchila qiynalib qolishvotti, ohirgi paytla jarohatla juda koʻpayib ketti
░????????????????????????????
10 feb 2024
Ehtimol tòģridir, lekin undan kam qilib bòlmaydi