UEFA Isroilni barcha Yevropa musobaqalaridan chetlashtirish niyatida

Sherzod Nurmatov
22 sen 2025
UEFA Isroilni barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirishi mumkin: aksariyat davlatlar taqiqni qo'llab-quvvatlamoqda.

Bu haqda "Israelhayom" ma'lum qildi.

So'rovnoma 23 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Hozirda ovoz berishda ishtirok etayotgan 20 ta davlatning aksariyati Isroilning chetlashtirilishini yoqlab ovoz berish niyatida. Bir necha davlatlar Isroil federatsiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

Agar Isroil terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidan chetlashtirilsa, taqiq Yevropa Ligasida ishtirok etuvchi Tel-Avivning "Makkabi" futbol klubiga ham taalluqli bo'ladi.

Avvalroq Erik Kantona Isroilni FIFA va UEFAdan chetlashtirish chaqirig'i bilan chiqqan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Israelhayom