

Kecha bo'lib o'tgan "Arsenal" - "Inter" (3:1) uchrashuvidan oldin londonliklar sobiq vingeri Teo Uolkott Amazon Prime efirida Runiga qiziqarli savol bilan yuzlandi:
"Sizning 2008 yilgi jamoangiz hozirgi "Arsenal" bilan raqobatlasha olarmidi? Menimcha, ha. Agar ularni o'zaro solishtirsak-chi? Aytgancha, o'sha MYU men qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa edi. Xo'sh, hozirgi "Arsenal" o'sha paytdagi "Yunayted"ga qarshi... nima deysiz?" - deb so'radi Uolkott.
"Biz ularni yanchib tashlagan bo'lardik (razgromili)", - deya qisqa va lo'nda javob berdi Runi. Boshlovchi Gabbi Logan va Uolkottning kulgisidan so'ng, Ueyn tabassum bilan qo'shimcha qildi: "O'ylashimcha, ha, biz buni uddalagan bo'lardik. Ochig'ini aytishim kerak".
Eslatib o'tamiz, 2007/08 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" APLda chempion bo'lish bilan birga, o'z tarixida uchinchi bor YCHL kubogini boshi uzra baland ko'targandi. O'shanda jamoa sharafini Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Karlos Teves, Pol Skoulz, Rio Ferdinand va Nemanya Vidich kabi yulduzlar himoya qilishgan.



