“Ajoyib suhbat qurdik. Krishtianu menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi. Ko'pchilik buni tushunmaydi, ammo Saudiya Arabistoni juda tez rivojlanmoqda. Va bu erga kelganimdan aynan shuni his qildim. Bu S.Arabistoniga ilk tashrifim va o'zimni qanday tutishni bilmasdim. Biroq, keyin barchasi qoyilmaqom ekanligini tushundim. U erda ham xuddi shunday oddiy hayot.
Yoshligimda Krishtianuning o'yinlarini kuzatardim. Endi esa shaxsan ko'rishdik va u sportning katta muxlisi ekanligini bildim. U sport haqida ko'p narsani biladi, sportni sevadi. U mening janglarimni kuzatgan. U men haqimda kutganimdan ham ko'proq narsani bilar ekan. Bu xurmatga sazovor. Shunchaki, ajoyib”, degan Ngannu.
Izohlar