O'FF yangi rahbari: Men sehrgar emasman, biroq...

Khoja
26 dek 2024
Yangi ochilgan O'zbekiston futzal federatsiyasi rahbari Bekzod Mamatqulov yaqin 4-5 yil ichida termamiz jahonning TOP-10 jamoalari orasidan joy olishini ma'lum qildi.

Men sehrgar emasman. Lekin nasib qilsa 4-5 yil ichida O'zbekiston futzal terma jamoasi jahonning TOP10 jamoasi orasiga kiradi, - deb fikr bildirdi yangi rahbar.

Shuningdek, Bekzod Mamatqulov keyingi mavsumlarda futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining vaqtlari haqida ham fikr bildirdi.

Futzal chempionati o'yinlarida muxlis yo'q? Qaysi narmalniy odam ish kuni ertalab soat 11-00 da keladi? Endi bunday bo'lmaydi, - dedi yangi rahbar.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia