Ugo Loris: "Guruh bosqichini g'alaba bilan boshlaganimiz yaxshi bo'ldi"

Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris Avstraliyaga qarshi uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz uchun ushbu o'yin oson bo'lgani yo'q. Raqiblarimiz juda ham chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Birinchi goldan so'ng biroz xotirjamlikka berildik. Bundan tashqari darvozamiz tomon belgilangan penaltida bizga biroz omad yetishmadi. Guruh bosqichini g'alaba bilan boshlaganimiz yaxshi bo'ldi", - deydi Loris


Manba: footballhd.ru