Ukraina terma jamoasining iyun oyidagi o'yinlar uchun tarkibi malum

Sherzod Nurmatov
27 may 2023
Ro'yxatda 27 nafar futbolchi bor.

Ukraina futbol associaciyasi (UFA) milliy terma jamoaning iyun oyidagi o'yinlari uchun qaydnomasini elon qildi. Ro'yxatga 27 nafar futbolchi kiritilgan. Ukraina terma jamoasini Sergey Rebrov boshqarishi kutilmoqda.

Darvozabonlar: Georgiy Bushan ("Dinamo"), Anatoliy Trubin ("Shaxtyor"), Andrey Lunin ("Real" Madrid);

Himoyachilar: Nikolay Matvienko, Valeriy Bondar, Efim Konoplya (barchasi – "Shaxtyor"), Aleksandr Timchik ("Dinamo"), Aleksandr Svatok ("Dnepr-1"), Vitaliy Mikolenko ("Everton"), Ilya Zabarniy ("Bornmut"), Eduard Sobol ("Strasbur"), Sergey Krivcov ("Inter" Mayami);

Yarim himoyachilar: Taras Stepanenko, Aleksandr Zubkov, Georgiy Sudakov (barchasi – "Shaxtyor"), Sergey Sidorchuk, Vitaliy Buyalskiy (ikkisi – "Dinamo"), Aleksandr Pixalenok ("Dnepr-1"), Andrey Yarmolenko ("Al Ayn"), Ruslan Malinovskiy ("Marsel"), Viktor Cigankov ("Jirona"), Mixaylo Mudrik ("Chelsi"), Daniil Ignatenko ("Bordo"), Vladislav Kochergin ("Rakuv");

Hujumchilar: Roman Yaremchuk ("Bryugge"), Artyom Dovbik ("Dnepr-1"), Vladislav Vanat ("Dinamo").

Ukraina 12 iyunda Germaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini tashkil etadi. Shuningdek, Evro-2024 saralash bosqichi doirasida Shimoliy Makedoniya (16 iyun) va Malta (19 iyun) terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: en.uaf.ua

Izohlar

Barcelona nomer 1
27 may 2023
Булар фронтдамасми
Ота макон
27 may 2023
Украинани таркиби шу холатда хам Узбекистондан кучли экан.
Диего Армандо Марадона Mexico 86
27 may 2023
Украинани таркиби удар.
Sirojiddin Ahmedov
27 may 2023
Украина россия билан уртоклик учрашуви буларкан.уйин варшавада буларкан.уйинни америкалик хакамлар олиб бораркан.уйинга шахсан путин ва зеленский ташриф буюраркан.уйиндан сунг икки томон эсдаликга суратга тулиб футболка алмаштириб кейин яна фронтга кайтаркан