Ukrainalik hujumchi, "Mashal" ustozi va qalqoni - Pro liga 5-tur laureatlari

Narzulla Saydullayev
15 apr 2024
Championat.asia sayti Pro liga 5-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni - Umidjon Hamroev ("Mashal")

"Mashal" jamoasi bu turda mehmonda "Buxoro" bilan kuch sinashdi. Pro ligada 5 ta tur ortda qoldiki bu ikki jamoaning darvozasiga hali hech kim yo'l topa olgani yo'q. Ayniqsa muborakliklar darvozaboni Umidjon Hamroev avvalgi uchrashuvlarda bo'lgani kabi "Buxoro"ga qarshi o'yinda ham bir nechta vaziyatlarda jamoasini qutqardi. O'z darvozasi dahlsizligini saqlab kelayotgan kiper tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi. 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi - Sergey Petrov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" jamoasi o'tgan turda "Olimpik Mobiuz" mehmoni bo'ldi. "Shunqorlar" shu kuni ukrainalik hujumchi Sergey Petrov tomonidan amalga oshirilgan xet-trik evaziga safardan uch ochko bilan qaytdi. Petrov bundan tashqari joriy yilda bitta uchrashuvda 3 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Shubhasiz u turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi murabbiyi - Asror Aliqulov ("Mashal")

"Mashal"ning Pro ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Jamoa 5-turda Toshkentda "Buxoro" maydonidan ortga 1 ochko bilan qaytdi. O'yin mezbonlarning ustunligi ostida o'tganiga qaramasdan Asror Aliqulov shogirdlari tartibli o'yini bilan raqibga imkoniyat qoldirmadi. 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Жамшид Абдусамадов
15 apr 2024
Умид Хамроев яхши дарвозабон факат бизни куп укиворган тренерларимиз уйинчини фаркига бормиди. Узига нима кераклигини билмиди. Тушунмиманда битта командада 3-4 та тренер булади нима иш килишар экан. Тренер тоза ишини яхши курадиган узига ишонадиган тренер булса 1 та тренер хам етади негаки бизни командаларни Машки бир хил уйинчилар узи хам биладими нима килишни
Жахонгир-9
15 apr 2024
Насаф шунака дарвозабонларга эътибор каратиш керак.Навбахор билан уйинда 3 дарвозабонни уйин амалёти булмаса хам таркибда киритиб ковун туширди Рузикул