Ular bu kubokka ikkinchi bor juda yaqin kelishgandi...

Tolibjon Qosimov
4 may 2024
15 aprel kuni Qatar yashil maydonlarida start olgan U-23 Osiyo Kubogi bahslari ham o'z nihoyasiga etdi.

Hal qiluvchi bellashuvda O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o'zaro kurash olib borishdi va unda yaponlar birgina gol evaziga g'alaba qozonishdi.

U-23 Osiyo kubogi. Yaponiya chempion! Olimpiadaga chiqib bo'lgan O'zbekiston penaltidan gol ura olmadi

Finaldan keyingi taqdirlash marosimida fotoapparatimiz obektiviga tushgan alamli kadrlarni alohida ko'rinishda e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. O'yin va taqdirlash marosimi fotogalereyasi to'liq holda keyinroq chop etiladi. Hozir esa musobaqa bosh sovriniga ikkinchi bor juda ham yaqin kelgan yigitlarimizni tomosha qiling.

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia