Ulug'bek Bakaev: “Aral” kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondi”

Administrator
18 sen 2024
Pro liganing 20-turidan o'rin olgan “Aral” - “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda “Aral” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Albatta bugungi o'yinda g'alaba qozonib, 3 ochkoga ega chiqishni maqsad qilgandik. Biroq, yakuniy natija bizning mag'lubiyatimizni ko'rsatmoqda. Bu mag'lubiyatga sabab sifatida 2 ta faktorni ko'rsatishim mumkin. Birinchisi, mezbonlar, yani “Aral” jamoasi g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq bilan o'ynadi. Ikkinchisi, o'tgan o'yindagi “Mashal” bilan mag'lubiyat jamoa ruhiyatiga ta’sir ko'rsatdi. Umumiy o'yin uchun yigitlarga raxmat aytaman, yomon o'ynaganimiz yo'q.

- “Aral” jamoasining bugungi g'alabasini qanday baholaysiz?

- Aytib o'tganimdek, jamoada g'alaba uchun kuchli ishtiyoq bor edi. Uchrashuvning so'ngi qismida gol o'tkazib yubordik va bu mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.

- Bugungi uchrashuv bo'lib o'tgan maydon haqida fikringiz?

- Yaxshi maydon, muxlislarning zo'r atmosferasi. “Aral” jamoasi bugun yangi maydonda ilk uchrashuvini o'tkazdi va ishtiyoq evaziga g'alabaga erishdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia