Ulug'bek Baqoev: "Birinchi davrada uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazamiz"

Tolibjon Qosimov
13 mar 2024
Pro-liganing 1-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugun mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdik. Birinchi o'yinlar odatda u qadar ham yorqin o'tmaydi. Jamoamiz tarkibi deyarli 90 foiz yangilanib ketdi, futbolchilarga o'zaro moslashib olishlari uchun vaqt kerak. Shuningdek, maydon ham bir oz yumshoqdek ko'rindi. To'p maysa ustida yaxshi yurmagani sababli o'yin sifatiga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

- "Buxoro" uy uchrashuvlarini endilikda qaysi stadionda o'tkazadi?

- Biz hozir "Bunyodkor" stadioni bilan kelishuvga erishganmiz. Pro-liganing birinchi davrasini Toshkentda o'tkazamiz. Pro-liga taqvimi qulay ishlab chiqilgan, bu borada tashkilotchilarga rahmat aytaman.

- Jamoangiz bugun bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Birinchi o'yinlarda moslashib ketish oson bo'lmaydi. Futbolchilarga o'yin ritmiga tushib olishlari uchun ozroq vaqt kerak. Bugun har ikki jamoa bir ochkodan ishladi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?

- Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. O'yinlar davomida kuchayib boramiz.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Амир Олимхон
13 mar 2024
Бухоро жамоасига омад кейинги уйтнларига
Anonymouse1
13 mar 2024
1 polyadami yoki sentralkada oynisilami ?
Otabek Ahmedjonov
13 mar 2024
Футбол мухлислар учун деймиз.демак бухоролик мухлислар учун жамоа уйин Навоиий, машьал стадион еки Самарканд стадион да утказиш керак эди
Toir Muratovich
13 mar 2024
Bizning chempionatda nechta jamoaning uy stadioni yo‘q yoki o‘z maydonida o‘ynamaydi shu yil
Туйгун
13 mar 2024
Калланга курт борми сани Пушкин Шуртан билан дурангдан коникяпсан демак сани Бухорода келажагинг йук йукол уша Сугдиенага
Davronbek Abduvaliev
13 mar 2024
Хар йили шу бўлар такор. Деярли СУПЕРЛИГА нинг ярмида стадиони мавсумга тайёр бўлмайди. Қанақасига СУПЕРЛИГА деб аташ мумкин.
Davronbek Abduvaliev
13 mar 2024
Хар йили шу бўлар такор. Деярли СУПЕРЛИГА нинг ярмида стадиони мавсумга тайёр бўлмайди. Қанақасига СУПЕРЛИГА деб аташ мумкин.
Davronbek Abduvaliev
13 mar 2024
Хар йили шу бўлар такрор. Деярли СУПЕРЛИГА нинг ярмида стадиони мавсумга тайёр бўлмайди. Қанақасига СУПЕРЛИГА деб аташ мумкин.
Davronbek Abduvaliev
13 mar 2024
Хар йили шу бўлар такрор. Деярли СУПЕРЛИГА нинг ярмида стадиони мавсумга тайёр бўлмайди. Қанақасига СУПЕРЛИГА деб аташ мумкин.
Davronbek Abduvaliev
13 mar 2024
Мана олимпикни ЖАР стадион майсаси хам алмаштиришга тайёр бўлиб қолди.
Ko'proq ko'rsatish