Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi rahbariyati bilan uchrashish uchun Ispaniyaga uchib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2018
O'zbekiston MOQ va O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo'nab ketdi.

Safardan ko'zlangan aosiy maqsad "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.

23 yanvar kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com